05.05.2023
Inson qadri uchun!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–102-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 4.05.2023 yil kuni Xonqa tumani tibbiyot birlashmasida Xonqa tumani oilaviy poliklinikalarida faoliyat olib borayotgan 42 nafar oilaviy shifokor va 97 nafar hamshiralarga dasturning 15-bandi ijrosi yuzasidan Xorazm viloyat endokrinologiya dispanserining trenerlari tomonidan “Qandli diabet 2 tur bemorlarni terapevtik o‘qitish milliy maktabi”da o‘qitish bo‘yicha o‘quv seminar-treningi o‘tkazildi. Darslar qandli diabet haqida umumiy tushuncha, kasallik diagnostikasi, to‘g‘ri ovqatlanish , jismoniy harakatning ahamiyati, qandli diabetni davolashda qand pasaytiruvchi dori vositalarini qo‘llash, kasallikning asoratlarini oldini olish haqida tushuncha va ko‘nikmalar berildi. Seminar-treningda qatnashgan tibbiyot xodimlaridan bilim ko‘nikmalarini aniqlash maqsadida nazorat testlari olindi, savollarga javob berildi.



Back to the list