10.05.2023
Inson qadri uchun!9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami mustaqil O‘zbekistonda asrlar davomida kahramona, o‘lkamizni himoya kilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag‘ishlangan. O‘tganlarning nomlarini yod etish, xotirasini hurmat bilan eslash, ularning arvohlarini shod qilish muqaddas odat sifatida qon-qonimizga singib ketgan. Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida bugun 8 may kuni «Xotira va qadrlash kuni»ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Respublikada tibbiyotda, qolaversa endokrinologiya soxasini rivojiga katta xissa qo‘shgan fan arboblari, soxa yetuk mutaxassislar xotiralari yodga olindi, mexnat faxriylariga xurmat ko‘rsatilib, samimiy tabrik so‘zlari va sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Vatanimizning ertangi kuni, kelajagi bo‘lmish, bizning tayanchimiz va suyanchimiz bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash, farzandlarimizga zamonaviy bilim berish va ularni haqiqatan ham hal qiluvchi kuchga aylantirish eng ustuvor vazifamiz ekanini hech qachon unutmasligimiz darkor.






Back to the list