11.05.2023
Inson qadri uchun! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-yanvardagi 102-son qarori ijrosi yuzasidan “Endokrinologik xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi RIEIATM oldiga vazifalar qo‘yilgan bo‘lib, ular bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu vazifalardan biri yuqori malakali kadrlar tayyorlashdir.Shu munosabat bilan 2023-yil 10-maydan boshlab bolalar endokrinologiyasi bo‘yicha 504 soatlik mutaxassislik kursi ochildi. Barcha kursantlar zarur o‘quv va texnik materiallar, darsliklar, uslubiy qo‘llanmalar va ish yuritish materiallari bilan ta’minlandi.

Back to the list