22.05.2023
Inson qadri uchun! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–102-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 18.05.2023 yil kuni Xorazm viloyati Yangiarik tumani tibbiyot birlashmasida Yangiarik tumani oilaviy poliklinikalarida faoliyat olib borayotgan 31 nafar oilaviy shifokor va 29 nafar potranaj xamshiralarga dasturning 15-bandi ijrosi yuzasidan viloyat endokrinologiya dispanserining trenerlari tomonidan “Qandli diabet 2 tur bemorlarni terapevtik o‘qitish milliy maktabi”da o‘qitish bo‘yicha o‘quv seminar-treningi o‘tkazildi. Darslar qandli diabet haqida umumiy tushuncha, kasallik diagnostikasi, to‘g‘ri ovqatlanish , jismoniy harakatning ahamiyati, qandli diabetni davolashda qand pasaytiruvchi dori vositalarini qo‘llash, kasallikning asoratlarini oldini olish haqida tushuncha va ko‘nikmalar berildi. Seminar-treningda qatnashgan tibbiyot xodimlaridan bilim ko‘nikmalarini aniqlash maqsadida nazorat testlari olindi, savollarga javob berildi.