22.05.2023
Inson qadri uchun! O‘z.Res.Prezidentining PK-102 son qarori ijrosi doirasida 17.05.2023 yil "Qandli diabet 2-tur bemorlarni terapevtik o‘qitish milliy maktabi" buyicha navbatdagi seminar-trening Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida tashkil etildi.Treningda 19 nafar oilaviy shifokorlar, 44 nafar patronaj xamshiralari va 17 nafar qandli diabet 2 tur bilan kasallangan bemorlar qatnashdi. Seminar -trening Qandli diabet 2 tur haqida tushuncha,to‘g‘ri ovqatlanish-parxez likobchalari,jismoniy yuklamani axamiyati,qonda qand miqdorini pasaytiruvchi dori vositalari, insulinoterapiya haqida tushuncha ,ko‘nikmalar berish va savol javob bilan o‘tkazildi.