29.05.2023
Inson qadri uchun! 2023 yil 25-may kuni "WORLD THYROID DAY" munosabati bilan Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Farg‘ona filiali xodimlari bemorlar va uning oila a'zolariga hamda Farg‘ona jamoat salomatligi instituti talabalariga "Yod yetishmovchiligi xolatlari" mavzusida ma'ruza tashkillandi, kasallik to‘g‘risida tushunchalar va profilaktik maslaxatlar berildi. Hamda 30 nafar fuqarolar qalqonsimon bez kasalliklari profilaktikasi bo‘yicha tibbiy ko‘ruvi o‘tkazildi, qo‘shimcha UTT tekshiruvlari o‘tkazilib, zarur bemorlarga filialga gormonal tekshiruvlarga yo‘llanmalar berildi. Osh tuzi tarkibidagi yod miqdorini tekshirish uchun osh tuzi namunalari Viloyat DSENM ga jo‘natildi.
Jami 30 nafar fuqarolar va talabalar tekshirildi
3 nafarida tugunli buqoq
1 nafarida aralash buqoq
1 nafarida AIT
2 nafarida Diffuz toksik buqoq tashxisi taxmin qilindi. Filialda qalqonsimon bez kasalliklari bo‘yicha ayni vaqda 5 nafar bemor davolanmoqda 1 nafari bemorni RIEIATMda radiaktiv yod terapiyasini olish uchun order asosida tizimga kiritildi.





Back to the list