29.05.2023
Inson kadri uchun! 2023-yil 26-may kuni O‘zbekiston Respublikasi endokrinologiya xizmati jamoasi O‘zbekiston-Germaniya salomatlik forumida ishtirok etdi.
Forum doirasida taʼlim, ilmiy va innovatsion sohalarda tajriba almashish maqsadida yetakchi klinikalar va universitetlar bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Bu O‘zbekiston Respublikasida endokrinologiya uchun yangi istiqbollarni ochadi. Ishtirokchilarga “O‘zbekistonda endokrinologik xizmatni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi ma’ruza taqdim etildi. Ishtirokchilarga “O‘zbekistonda endokrinologik xizmatni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi ma’ruza taqdim etildi. O‘zbekiston va Germaniya tibbiyot hamjamiyati o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi ushbu muhim qadam tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlari va tajribasini uyg‘unlashtirib, yuqori natijalarga erishish va bemorlarga endokrin kasalliklarni yanada sifatli va samaraliroq davolash imkonini beradi.
Imzolangan memorandumlar O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida sog‘liqni saqlashning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha uzoq muddatli va samarali hamkorlikka asos bo‘ladi.



Back to the list