Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
19.02.2024
Somatotropin gormoni yetishmasligi bolalarda bo‘y o‘sishi sekinlashishiga sabab bo‘lishi mumkinMuxlisa Shorixsiyeva,
tibbiyot fanlari nomzodi:

 — O‘sish gormoni yetishmovchiligi asosan bolalarda uchraydigan noyob kasallik bo‘lib, bu ularda jismoniy rivojlanishning sekinlashishiga olib keladi.

 Ushbu xastalik tug‘ma yoki orttirilgan bo‘lishi mumkin. Kasallik somatotropin gormoni yetishmasligi tufayli kelib chiqadi. U nafaqat o‘sish, balki organizmdagi umumiy metabolizm jarayonlarida ham muhim rolь o‘ynaydi. Suyaklar, mushaklar va kognitiv funktsiyalarga ta'sir qiladi.

 Somatotropin gormonining organizmda yetarli darajada ishlab chiqarilmasligining sabablari turlicha bo‘lishi mumkin. Ular orasida – irsiy anomaliyalar, turli jarohatlar, gipofizdagi o‘simtalar va boshqa omillar bor.

 O‘sish gormonining tug‘ma yetishmovchiligi odatda 6 oydan 12 oygacha bo‘lgan davrda seziladi.

 Bolalarda ushbu xastalik, eng avvalo, bo‘y o‘sishining sekinlashishi bilan namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, bemorda tish o‘sishi, suyaklarning shakllanishida ham oqsash kuzatilishi mumkin.

 Kasallikka chalingan bolalar, ayniqsa, chaqaloqlarda uchraydigan yana bir muhim alomat qonda qand miqdorining juda pastligi, ya'ni gipoglikemiyadir.

 Bemorga aniq tashxis qo‘yish uchun bir qancha laboratoriya tekshiruvlari, shu jumladan qonda o‘sish gormoni miqdorining tahlili, suyak tizimi holatini baholash uchun rentgen tekshiruvi, gipofizda o‘simtalar bor yoki yo‘qligini aniqlash uchun kompьyuter tomografiyasi tayinlanadi.

 Tekshiruv natijalariga ko‘ra, shifokor tomonidan tegishli davo muolajalari tanlanadi.

 Shuni alohida ta'kidlash joizki, kasallik qanchalik erta aniqlanib, terapiya tezroq boshlansa, davolash samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi.

 Shuning uchun ota-onalar farzandlarini muntazam ravishda shifokor ko‘rigidan o‘tkazib turishi, ularning to‘g‘ri ovqatlanishi va jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishini nazorat qilishi lozim.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi | Facebook | Instagram

428407978_719347607033084_2880021940224814890_n.jpg

Back to the list