02.02.2022
Akademik Yo.X To‘rakulov nomli RIEIATM ning bir gurux shifokorlari 24.01.2022 yildan 29.01. 2022 yilgacha QQR va Xorazm viloyatlarida komandirovkada bo‘lishdi. Jumladan RIEIATMarkazi qandli diabetning yiringli asoratlari bo‘lim boshliqi t.f.d Kamalov T.T. QQR va Xorazm endokrinologiya dispanserlarida bemorlarni ko‘rib operatsiyalar bajardi. QQR da jami 38 nafar ko‘rilib, maslaxatlar berildi va ulardan to‘rt nafariga operatsiyalar bajarildi. Xorazm viloyatida 49 nafar bemor ko‘rilib ulardan 8 nafariga operatsiya bajarildi. Operatsiyalar QQR va Xorazm jarroxlari bilan birgalikda bajarildi.
Reja bo‘yicha tumanlardagi oilaviy shifokorlar uchun diabet oldi xolat, qandli diabet va yod tanqisligi bo‘yicha maxorat darslariamalga oshirildi.
Bundan tashqari, umumiy amaliyot shifokorlariga qandli diabetni erta aniqlash skriningi, diabet oldi xolati bo’lgan insonlarni nazorat qilish bo’yicha sodda va tushunarli algoritm shaklidagi qo‘llanmalar berildi. Tumanlardagi shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada shifoxonaga murojat qiluvchi aholi orasida sog‘lom turmush tarzi asoslari va yod tanqisligi profilaktikasini keng targ‘ib qiluvchi mahsus ko‘rgazmali qo‘llanmalar xam tarqatildi.
Back to the list