03.02.2022
“2022-yil 26-yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko'lamini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-102-son ijrosi doirasida RIEIATM Endokrinologiya markazi yetakchi xodimlari- direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari prof. Xalimova Z. Yu. va neyroendokrinologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori Xoliqova A.O. tomonidan 24.01.2022 dan 29.01.2022 yilga qadar Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATMning Andijon filialida Neyroendokrinologiyaning dolzarb masalalari bo‘yicha amaliyotda bo'lgan qiziqarli holatlar tahlil qilingan ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar va mahorat darslarining sertifikatlangan tsikli tashkil etildi va o‘tkazildi. Shifokorlar uchun 36 soatlik malaka oshirish dasturi, eng soʻnggi zamonaviy xalqaro standartlar asosida maʼruza materiallari bo'yicha o’qitish tashkil etildi. Akromegaliya, Kushing sindromi, giperprolaktinemiya bilan og'rigan bemorlarning amaliyotidan qiziqarli holatlar tahlil qilindi. Murakkab neyroendokrin bemorlarning klinik tahlillarini tasviriy vositalar (MRT, KT tadqiqotlari) orqali muhokama qilish tashkil etildi. Tsikl yakunida ishtirokchilarga ushbu tsikllarni tugatganliklari haqida sertifikatlar topshirildi.
Back to the list