Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (08-00dan : 16-00gacha)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)

01.06.2021 Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM bemorlarini qabul qilish tartibi

1. Qabulga yozilish 998 (55) 508-50-00 raqami bo'yicha call-markaz orqali qabul qilinishidan kamida 1 kun oldin amalga oshiriladi. Favqulodda holatlarda poliklinikaning 1-qavatidagi ro'yxatxonada amalga oshiriladigan tezkor ro'yxatga olish orqali mutaxassis qabuliga kirish mumkin. Har ikkala holatda ham har bir bemor navbatga rioya qilish uchun zarur bo'lgan maxsus raqamni oladi.

2. Qabul uchun to'lov poliklinikaning 1-qavatidagi ro’yxatxona oldida joylashgan kassa orqali, shuningdek, CLICK to'lov tizimi orqali amalga oshiriladi.

3. Sizdan qabulga o'z vaqtida kelishingizni iltimos qilib so'raymiz.

4. 1 qabul =1 bemor.  Agar 2 yoki undan ortiq bemor qabulga kirishi zarur bo’lsa, HAR BIR bemorni ALOHIDA ro'yxatdan o'tkazish talab qilinadi.

5. Har bir bemorni qabul qilish vaqti vaziyatga qarab o'rtacha 20 dan 30 daqiqagacha o'zgarib turadi. Agar siz 11: 00 da ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, 11:00 dan 11:30 gacha bo'lgan vaqt davomida qabulga albatta kirasiz.

6. O’zingiz va shifokoringizning vaqtini tejash maqsadida o’zingiz qiziqqan barcha savollarni oldindan o'ylab/yozib olishni tavsiya etamiz.

7. Agar siz bizning markazimizda analiz tahlillarini topshirgan / diagnostikadan o’tgan bo'lsangiz, barcha ma'lumotlar sizning shifokoringizda bo'ladi va ularni alohida chop etishingizga hojat yo'q. Biroq, boshqa tibbiy laboratoriyalar va markazlardan tahlillar/hujjatlar mavjud bo'lsa, ularni shifokoringizga chop etib taqdim qilishingizni so'raymiz.

8. Qayta qabulga yozilish ham oldindan poliklinikaning 1-qavatidagi ro’yxatxona yoki 998 (55) 508-50-00 raqami bo'yicha call-markaz orqali amalga oshiriladi

9. Agar Siz qabulni bekor qilmoqchi bo'lsangiz, buni 998 (55) 508-50-00 raqami bo’yicha call-markaz orqali oldindan xabardor qilishingizni so'raymiz. Shifokor va boshqa bemorlarning vaqtini hurmat qilishingizni so’raymiz.

10. Qalqonsimon bezning Ultratovush tekshiruvi  998 (55) 508-50-00 raqami bo'yicha call-markaz orqali yoki poliklinikaning 1-qavatidagi ro'yxatxonadan olingan maxsus raqamlari bo'yicha oldindan yozib olish yo'li bilan amalga oshiriladi.  Muhim: ultratovush tekshiruvidan 1 kunda faqat 40 kishi o'tishi mumkin.

11. Har birimizning hayotimizda kutilmagan holatlar yoki favqulodda vaziyatlar bo'lishi mumkin. Bunday xolatlarda, shifokorlar  va markazda davolanayotgan boshqa bemorlarga hurmat ko’rsatishingizni so'raymiz.  Asabingiz va quvvatingizni salbiy bahs-munozaralarga sarflab, o’z sog'lig'ingiz va vaqtingizni yo'qotasiz.

Hurmatli bemorlar! Yuqoridagi oddiy ko'rsatmalarga rioya qiling va o'zingizni, tibbiy xodimlarni va Markazning boshqa bemorlar hayotini osonlashtiring.

BIZNING MAQSADIMIZ - SIZNING SOG'LIGINGIZ.


Back to the list