Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (08-00dan : 16-00gacha)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)

Qibray tuman tibbiyot birlashmasida Toshkent viloyat endokrinologiya dispanseri shifokorlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. 07.06.2021 Qibray tuman tibbiyot birlashmasida Toshkent viloyat endokrinologiya dispanseri shifokorlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Endokrinologik kasalligi mavjud bo‘lgan bemorlar uchun bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi.

Xususan viloyatdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, qalqonsimon bez kasalligi mavjud bo‘lgan fuqarolar orasida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotini bepul o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan tibbiy ko‘rikga respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy tekshiruv endokrinologiya markazi (RIITEM)ning yuqori malakali mutaxasislari ham jalb kilindi.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan 15 nafar bemordan 2 nafariga bepul davolanish uchun markazga order berilgan bo‘lsa, 4 nafar bemor Chirchiq shahridagi viloyat ko‘ptarmoqli markaziy shifoxonada, RIITEM mutaxasislari tomonidan bepul yuqori texnologik jarrohlik amalietini o‘tkazish uchun yuborildi. Shuningdek ayrim bemorlarga ambulator davolanishlari uchun zarur tavsiyalar berildi.

Back to the list