28.11.2024
Tana vazni indeksi (TVI) sizning vazningiz va bo‘yingiz o‘rtasidagi nisbatni hisoblaydi. Ushbu ko‘rsatkich vazningiz me’yor doirasida yoki yo‘qligini aniqlash imkonini beradi.
TVI qanchalik yuqori bo‘lsa, yurak-qon tomir kasalliklari, qon bosimi, osteoartrit, qandli diabet va boshqa kasalliklar rivojlanish xavfi shunchalik oshadi.
U quyidagicha hisoblanadi: vaznni (masalan, 65 kg) bo‘yning metrda ifodalangan kvadratiga bo‘lish kerak (masalan, agar bo‘yingiz 160 sm bo‘lsa, 1,6 ni 1,6 ga ko‘paytirib, 2,56 hosil qilasiz). 65 kg vaznni 2,56 ga bo‘lsak, tana vazni indeksi 25,39 ga teng bo‘ladi.
– Tana vazni indeksining sog‘lom ko‘rsatkichi 18,5 dan 25 gacha hisoblanadi. TVI qanchalik yuqori bo‘lsa, semizlik bilan bog‘liq kasalliklar rivojlanish xavfi shunchalik ortadi.
Endokrinologiya markazi mutaxassislari sizga vazn yo‘qotish dasturlari bo‘yicha maslahat berib, semirish oldini olishga yordam ko‘rsatadi.
Endokrinologiya markazi
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 56-uy
www.endomarkaz.uz
Back to the list