Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (08-00dan : 16-00gacha)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)

06.09.2023

 Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 14.00.03 – ENDOKRINOLOGIYa ixtisosligi bo‘yicha doktorantura, tayanch doktoranturaga 2024 yil uchun qabul e'lon qiladi


Tayanch doktoranturada va doktoranturaga o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
1. Ariza:
2. Pasport nusxasi, rasm 3x4 (4 dona);
3. Qiskacha biografik maьlumotnoma (ob'ektivka);
4. Oliy ta'lim muassasi magistraturasi diplomi, oliy maьlumot (mutaxassislik dasturlari buyicha) tug‘risida diplom nusxasi;
5. Mexnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
6. PhD yoki tibbiyot fan nomzodi to‘g‘risidagi diplom (doktoranturaga kirish uchun)
7. Nashr etilgan ilmiy ishlar ruyxati (3.4 shaklda) va ularning nusxalari;
8. Tanlangan ilmiy ish mavzusi;
9. Ilmiy raxbarning rozilik xati;
10. Chet tilini bilishi xakida Milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat (Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 65-son buyrug‘iga asosan).
11. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilish mumkun bo‘lgan natijalar buyicha ilmiy jurnallarda kamida 1ta ilmiy maqola va 2 tadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan tezislarga ega bo‘lgan maqolalar.
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun 3 ta ilmiy maqola va 2ta tezis bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Hujjatlar (pdf) shaklida tayyorlanib 2023 yil 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha Oliy ta'limdan keyingi ta'limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda qabul qilinadi. Ilmiy kotibga fayl papkada barcha xujjatlar to‘plami taqdim etiladi.
Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga kirish uchun
suhbat har yili 1 - 25 noyabrь davrida o‘tkaziladi. Tayanch doktoranturaga kiruvchilar quyidagi fanlardan imtihon topshiradilar:
– chet tili (ta'limning oldingi darajalarida o‘rgangan xorijiy til);
– mutaxassislik.
Manzil: 100125, Toshkent sh.,Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 56.

Back to the list