Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
08.05.2024

Sog'liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot tashkilotlarining mutaxassislarini xorijiy  mamlakatlarning yetakchi tibbiyot va ilmiy muassasalarga 1-3 oy muddatga malaka oshirish va qayta tayyorlashga yuborish maqsadida tanlov e'lon qilinadi.

Endokrinologiya yo'nalishi bo'yicha Akademik Yo.X.To'raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ishchi guruhi tomonidan suhbat asosida o'tkaziladi.

Tanlovda Akademik Yo.X.To'raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va filiallarining endokrinolog shifokorlari va endokrin jarroxlari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1)     pasport nusxasi;

2)      oliy ta'lim muassasasini tugatganligini tasdiqlovchi diplomlar nusxasi;

3)      ilmiy darajasi (fan nomzodi, PhD, DSc) va ilmiy unvonini (katta ilmiy xodim, dotsent, professor) tasdiqlovchi diplomlarning nusxasi (agar mavjud bo'lsa);

4)      chet tilidan bilim darajasini belgilovchi amaldagi milliy yoki xalqaro sertifikat (Milliy kvalifikatsiya sertifikati, IELTS, TOEFL va ularga tenglashtirilgan), agar mavjud bo'lsa;

5)      oxirgi 3 yilda xorijda va respublika ta'lim muassasalarida malakasini oshirganligi to'g'risida sertifikat;

6)      malaka toifasiga ega bo'lganligi to'g'risida sertifikat;

7)      mehnat daftarchasi nusxasi;

8)      seminar, konferentsiyalarda ma'ruza bilan yoki ma'ruzasiz ishtirok etganligi to'g'risida sertifikat;

 

NOMZODLAR TAQDIM ETAYoTGAN HUJJATLARNING HAQQONIYLIGIGA ShAXSAN JAVOBGAR HISOBLANADI!

 

Barcha xujjatlar yuqorida ko'rsatilgan ketma-ketlikda joylashgan, nomzodning familiya, ismi bilan nomlangan bitta pdf faylda (boshqa format va ko'rinishdagi hujjatlar qabul qilinmaydi!) endokrinologiya.stazhirovka@mail.ru elektron manzili orqali 15.05.2024 soat 23:59gacha qabul qilinadi.

 




Back to the list