O‘zbekiston Endokrinologlar Milliy Uyushmasi
O‘zbekiston endokrinologlar milliy uyushmasi ixtiyoriy asosda tashkil etilgan, O‘zbekiston shifokorlarining endokrinologiya soxasidagi malakasini oshirish maqsadida tashkil etilgan jamoat tashkilotidir.
O‘zbekiston endokrinologlar milliy uyushmasining maqsad va vazifalari:
-O‘zbekistonda endokrinologlar uchun uzluksiz tibbiy ta'limni joriy etish
-Endokrinologiya soxasidagi xalqaro ko‘rsatmalarni tarjima kilish va moslashtirish
-Endokrinologiya soxasi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar, videomateriallar, saralangan ma'ruzalarni nashr etish
-Endokrinologiya va tegishli fanlar bo‘yicha ilmiy-amaliy, o‘quv dastrularini amalga oshirish
-Xalqaro professional integratsiya
-Analogik professional xamjamiyatlar bilan xamkorlik qilish va integratsiya
-Uyushma o‘z a'zolarining malakasini oshirishda, akkreditasiyasida, attestasiyasida, sertifikat va lisenziya olishida ko‘maklashadi, O‘zbekistonda va chet elda nizomdagi maqsadga muvofik konferensiyalar, seminarlar, ko‘rgazmalar, musobaqalarni tashkillashtirishda faol ishtirok etadi.
-Ilmiy-amaliy tadbirlar, maxorat darslari, maktablar, kongresslar, konferensiyalar utkazish
O‘zbekiston endokrinologlar milliy uyushmasi raisi - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni SaqlashVazirligi bosh endokrinologi, Akademik Y.X. Turaqulov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya Ilmiy - Amaliy Tibbiyot Markazining bosh shifokori, tibbiyot fanlari doktori, professor Xaydarova F.A.