Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)

Raxmankulov Kamil Xudaykulovich

Bo'limi boshlig'i:
Raxmankulov Kamil Xudaykulovich

Zaveduyushiy otdeleniyem Reanimacii i intensivnoy terapii


Endokrinologiya ilmiy tekshirish markazi qoshidagi reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limi 1982 yilda tashkil topgan. Bu bo‘limning ochilishidan maqsad qandli diabet va boshqa endokrin kasalliklarni o‘tkir asoratlarida shoshilinch yordam ko‘rsatish, shuningdek, bemorlarni erta operatsiyadan keyingi davrda kuzatuv olib borishdan iborat. Reanimatsiya va intensiv muolaja bo‘limi shok zali, intensiv terapiya va dinamik kuzatuv palatalari, izolyatordan iborat bo‘lib, bu yerda xodimlar nafaqat bo‘limning ishi balki kechki va tungi paytlarda klinikaning ham laborator tekshiruvlarini amalga oshirishadi. Tibbiyotning rivojlanishi va Endokrinologiya markazining ko‘rsatadigan xizmatlari doirasi oshib borgani sari Reanimatsiya va intensiv muolaja bo‘limining ish xajmi ham oshdi. Hozirgi kunda diabetik ketoatsidoz, ketoatsidotik prekoma va koma, gipoglikemik koma, diabetik giperosmolyar koma, qandli diabet fonida yiringli va septik asoratli diabetik to‘piq sindromida va diabetik nefropatiya sababi bo‘lgan surunkali buyrak kasalligining terminal bosqichidagi anuriyali bemorlarga, tireotoksik kriz, o‘tkir buyrak usti bezi yetishmovchiligi kasalliklarida shoshilinch yordam ko‘rsatish, pangipopitiutarizm, xususan, gipofiz operatsiyalaridan so‘ngi davrda, shuningdek qalqonsimon bez, qalqon oldi bezi va buyrak usti bezi, umurtqa pog‘onasi, bosh miyadagi operatsiyalardan keyingi yerta davrda reanimatsion chora tadbirlar to‘liq va mukammal ko‘rsatiladi, xususan, uzoq muddatli suniy o‘pka ventilyatsiyasi, respirator qo‘llash, terminal bosqichli bemorlarga kardio va inotrop qo‘llash, intensiv insulinoterapiya, glyukokortikoib terapiya, infuzion terapiya, bemorlarni professional parvarishi enteral va parenteral oziqlantirish va boshqalar. Bundan tashqari bo‘lim ambulator bemorlarga konsultativ yordam va boshqa poytaxtimiz klinikalaridagi va Respublikamizning barcha klinikalaridagi statsionar davolanayotgan og‘ir bemorlarga konsultativ yordam ko‘rsatadi, skrining tekshiruvlarida mahorat darslarida faol ishtirok etadi. Bo‘limda klinik ordinatura, magistratura va Endokrinologiya markazida, Toshpti va Tashiuv ning endokrinologiya va anesteziologiya va reanimatologiya bo‘limlarida malaka oshirayotgan barcha tinglovchilar amaliy o‘qitiladi. Hozirgi kunda bo‘limda oliy, birinchi va ikkinchi kategoriyali shifokorlar va xamshiralar ishlab kelishmoqda. Barcha shifokorlar endokrinologiya va reanimatsiya hamda intensiv terapiyadan (klinik ordinatura, magistratura, birlamchi mutaxassislik) maxsus tayyorgarlikka ega. Yiliga butun Respublika va boshka mamlakatlardan 700 dan ortiq bemorlar malakali yordam oladilar. Bo‘lim shifokorlari, hamshiralari va kichik tibbiy xodimlari, laborant shifokorlar va va laborantkalar tomonidan barcha shoshilinch endokrin yordamga muxtoj bemorlarga yuqori saviyali yordam ko‘rsatiladi. Reanimatsiya va intensiv muolaja bo‘limi shok xonasi, reanimatsiya va dinamik kuzatuv bo‘limlari, izolyatsiya bo‘limidan iborat. Kafedra xodimlari: vrachlar - 7, hamshiralar - 17, sanitar xodimlar - 9. To‘shaklarning soni - 6. Tez tibbiy laboratoriyada 5 laboratoriya shifokori va 5 laborant ishlaydi, ular kafedrada ishlashdan tashqari, kechqurun va kechasi klinikada laboratoriya sinovlarini o‘tkazadilar. Hozirgi kunda kafedrada yuqori, birinchi va ikkinchi toifali shifokorlar va hamshiralar ishlaydi. Kafedraning barcha shifokorlari endokrinologiya va reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega (klinik ordinatura, magistratura, birlamchi mutaxassislik). 2006 yildan 2009 yilgacha va 2012 yildan hozirgi kungacha bo‘limni Komil Xudoyqulovich Raxmanqulov boshqaradi, u 2002 yildan beri ishlaydi va endokrin jarrohlik bo‘limida anesteziologik yordam ko‘rsatadi. Har yili kafedrada respublikaning turli burchaklaridan 700 dan ortiq bemorlarga yordam ko‘rsatiladi. Kafedraning barcha xodimlarining, shu jumladan shifokorlar, hamshiralar, laboratoriya shifokorlari va laboratoriya yordamchilarining muvofiqlashtirilgan ishi, O’zbekiston Respublikasida shoshilinch endokrin patologiyasi bo‘lgan bemorlarga o‘z vaqtida va yetarli darajada shoshilinch yordamni ta’minlaydi.