Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (08-00dan : 16-00gacha)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)

05.02.2024
Rasmiy munosabat!

Ijtimoiy tarmoqlarda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida faoliyat yuritayotgan shifokorlarning oylik maoshiga ular xizmat ko‘rsatgan bemorlar soniga qarab qo‘shimcha ustama to‘lab kelingani, biroq bugungi kunda markaz direktori tomonidan ushbu ustamalar keskin kamaytirilib, 2023 yil noyabrь oyidan boshlab umuman to‘lanmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu holat tegishli tartibda o‘rganilganda murojaatda keltirilgan vajlar o‘z isbotini topmagan.

Shu o‘rinda bu kabi yolg‘on xabarlar orqali boshqa shaxsning (shu jumladan yuridik shaxsning) sha'ni va qadr-qimmatini kamsituvchi yoki uning obro‘siga putur yetkuvchi yolg‘on ma'lumotlarni bila turib tarqatish amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.

Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi


Munosabat.jpg

Back to the list