15.02.2024
Inson qadri uchun!12.02.2024y. Profilaktik ko‘rik va skrining tekshiruvlarini tashkil etish bo‘yicha o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 5 fevral sanasida Muxtaram Prezidentimiz boshchiligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Respublika ixtsoslashtirilgan kardiologiya, endokrinologiya, onkologiya markazlarining viloyatdagi filiallari mutaxassislari tomonidan rejali ravishda shahar/tuman tibbiyot birlashmalarida o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.
Dastlabki smenarlarda Nishon tuman tibbiyot birlashmasida Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi RIEIATM Qashqadaryo filiali xodimlari tomonidan 40 yoshdan oshgan axolini endokrinologik skriningdan o‘tkazish bo‘yicha KTMP, OP, OShP mudirlari, 15 nafar oilaviy shifokor va 77 nafar patronaj xamshiralari qatnashishdi. Endokrinologik skrining bo‘yicha tarqatma materiallar, savolnomalar tarqatildi. Savolnoma va mobil ilovalar orqali skrining o‘tkazish tushuntirildi va o‘rgatildi. Yil davomida o‘tkaziladigan skrining jarayonlari natijalari va ularning taxlillari nazorat qilinib borilishi aytildi.
Back to the list