16.02.2024
Inson qadri uchun ! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 - yil 26 yanvardagi "Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora tadbirlari tug‘risidagi"gi PK -102 sonli qaror ijrosini ta'minlash maksadida Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi RIEIATM Namangan viloyati filiali bosh vrachi B.Siddiqov va tuman kuratori G.Karimovalar tomonidan 14.02.2024 yil kuni Yangi Namangan tumani tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 13-oila poliklinikasida 40 yoshdan oshgan axoli o‘rtasida qandli diabet kasalligini erta aniklash maksadida skrining tekshiruvi o‘tkazildi.Skrining tekshiruvida ja'mi 55 nafar axoli skriningdan o‘tkazildi.Shulardan semizlik 7 nafar,diabet oldi xolati (prediabet) bilan 1 nafarda,qandli diabet birinchi marta 1 nafarda aniqlandi.Qandli diabet yangi aniklangan bemorga endokrinologlar tomonidan kerakli tavsiyalar berildi.