16.02.2024
Inson qadri uchun! Joriy yilning 5 fevral sanasida Muxtaram Prezidentimiz boshchiligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Respublika ixtsoslashtirilgan kardiologiya, endokrinologiya, onkologiya markazlarining viloyatdagi filiallari mutaxassislari tomonidan rejali ravishda shahar/tuman tibbiyot birlashmalarida o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.
14.02.2024 yil kuni seminar-trening Namangan sog‘liqni saqlash boshqarmasi qarashli Yangi Namangan tuman tibbiyot birlashmasida Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi RIEIATM Namangan filiali bosh vrachi B.Siddiqov va trener E.Isroiljonov tomonidan 40 yoshdan oshgan axolini endokrinologik skriningdan o‘tkazish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.Seminar treningda 15 nafar oilaviy shifokor,198 nafar umumiy amaliyot xamshiralari va patronaj xamshiralar qatnashdi. Markaz tomonidan skrining bo‘yicha tarqatma materiallar va savolnomalar tarqatildi. Savolnoma va mobil ilovalar orqali skrining o‘tkazish tushuntirildi va o‘rgatildi.
Back to the list