16.02.2024
Inson qadri uchun! O‘zbekistonda tibbiyot - inson qadri uchun shiori!
14.02.2023y kuni Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining bir gurux maьsullari bilan birgalikda Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi RIEIATM Qashqadaryo filiali xodimlari tomonidan Qamashi tumanining KTMPsida birlamchi tizim bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi xamda tumanda endokrinologiya soxasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, skrining jarayonlari, birlamchi kasallanishlar, patronaj xamshiralari va oilaviy shifokorlarning endokrinologik skrining jarayonlaridagi faolligi, bilim darajalari o‘rganildi xamda endokrinologik skrining uchun tushunchalar berilib tarmoq rejasini shakllantirishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Savolnomalar va mobil ilova orqali endokrinologik skrining jarayonlarini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i bilan birgalikda tumanda "Endokrin brigada" tashkil etilishi kelishib olindi. Endokrin brigadaning asosiy vazifasi patronaj xamshiralar tomonidan amalga oshirilayotgan skrining jarayonlarini tashkillashtirish, nazorat qilish va amaliy yordam berish etib belgilandi.