Inson qadri uchun!
15.02.24. Namangan viloyati Norin tumani KTMP da Kardiologiya va Endokrinologiya Markazlari yetakchi mutaxassislari tomonidan axoli orasida skrining va tibbiy ko‘rik amalga oshirildi. 118 nafar axoli qandli diabetni erta aniqlash skriningidan o‘tib, shulardan 4 nafarida qandli diabet va 4 nafarida diabet oldi xolati, 39 nafarda esa semizlik 1-2 daraja aniqlandi. Axoliga kardiologlar va endokrinologlar kerakli tibbiy maslaxatlar bilan bir qatorda, sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanishning afzalliklari, erta profilaktik ko‘rikdan o‘tish samaradorligi xaqida tavsiyalar va tushuntirish ishlari olib borildi. Ma'sul raxbarlar tomonidan tumandagi «Ibrat» va «Kemaboshi» MFY lar qarashli OP, «Bodomzor» MFY OShP xam o‘rganib chikildi va axoli orasida birlamchi tizim ma'sullari tomonidan skrining o‘tkazilishi, axoliga ko‘rsatilayotgan birlamchi yordam samaradorligi va dori ta'minoti urganildi va tizimdagi muammolar aniqlandi (rakamlashtirish, internet, vakant urinlar). «Kemaboshi» maxalla tibbiyot punkti na'munaviy deb topildi.