19.02.2024
Inson qadri uchun!
16.02.24. Namangan viloyati. RIEIATM NF mutaxasislari tomonidan PK-102 ijrosini taminlash maksadida Turakurgon tuman KTMPda 40 yoshdan oshgan 54 nafar axoli skrining tekshiruvidan utkazildi. Skrining tekshiruvida 2 nafar fukaroda kandli diabet, 25 nafarida 1-2 darajali, 1 nafarida 3- darajali semizlik aniklandi. Shuningdek, 4 nafar axolida diabet oldi xolati aniklandi. Kardiologiya va Endokrinologiya Markazlari yetakchi mutaxassislari tomonidan axoli orasida tibbiy ko‘rik amalga oshirildi va kerakli tibbiy maslaxatlar bilan bir qatorda, sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanishning afzalliklari, erta profilaktik ko‘rikdan o‘tish samaradorligi xaqida tavsiyalar va tushuntirish ishlari olib borildi. Ma'sul raxbarlar tomonidan tumandagi «Kuyimozor» MFYga qarashli OP, «Yangiobod» MFY OShP xam o‘rganib chikildi va axoli orasida birlamchi tizim ma'sullari tomonidan skrining o‘tkazilishi, axoliga ko‘rsatilayotgan birlamchi yordam samaradorligi va tizimdagi muammolar aniklandi.
Bundan tashqari gibrid formatda (oflayn va onlayn) Namangan viloyati Kardiologiya markazi filiali majlislar zalida kardiologlar, endokrinologlar va oilaviy shifokorlar ishtirokida tumanlarni videokonferentsiya aloqa orkali jalb etgan xolda qo‘shma seminar amalga oshirildi. Seminarda «JSST PEN protokoli asosida skrining o‘tkazish» (Fozilov X.G.), «Qandli diabet muammolari, skrining, profilaktika va erta aniqlash istiqbollari» va «Yod tanqisligi xolatlari profilaktikasi» (Turayev F.F.) mavzularida ma'ruzalar o‘qildi. Birlamchi tizim oilaviy shifokorlari va patronaj xamshiralariga asoratlar foizini va ixtisoslashtirilgan markazlarga murojaatlarni kamaytirishning asosiy omili bulgan onkologiya, kardiologiya, endokrinologiya va boshka muxim yunalishlarda axoli orasida skrininglar utkazishning muximligi kursatib berildi. Filial raxbariyati tomonidan yangi olib kelingan tibbiy jixozlar, angio- va EFI- jarroxlik xonalari takdim etildi.
Back to the list