19.02.2024
Inson qadri uchun! Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-102 sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Markazning Qashqadaryo filialida maxorat darslari tashkil etildi.
14-15.02.2024 y kunlari Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi RIEIATM Qandli diabet bilan kasallangan bemorlar uchun rekonstruktiv plastik jarrohlik bo‘limi rahbari, Shakirov.X.Sh Markazning Qashqadaryo filialida qandli diabetning yiringli asoratlari bilan murojat qilgan 12nafar bemorga ambulator yordam, 13 nafar bo‘limda davolanayotgan bemorlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Jarroxlik bo‘limida qandli diabetning yiringli asoratlari bo‘lgan 3 nafar bemorda yuqori murakkablikdagi plastik jarroxlik amaliyoti maxorat darsi sifatida o‘tkazildi.
Back to the list