Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (08-00dan : 16-00gacha)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)

29.03.2024
Inson qadri uchun! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–102-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 27.03.2024 yil kuni Xorazm viloyatining RIEIATM Xorazm filialida viloyatning tuman va shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari endokrinolog xonalarida faoliyat olib borayotgan 45 nafar patronaj hamshiralarga hamda Xorazm viloyatining musulmonlar idorasida 40 nafar diniy ulamolarga dasturning 15-bandi ijrosi yuzasidan Yo.X.Turaqulov nomidagi RIEIATMning Xorazm viloyati bo‘yicha treneri Otabek Atabayev va Adina Baydauletovalar tomonidan “Qandli diabet 2 tur bemorlarni terapevtik o‘qitish milliy maktabi”da o‘qitish bo‘yicha o‘quv seminar-treningi o‘tkazildi. Seminar –treningda qandli diabet haqida umumiy tushuncha, kasallik diagnostikasi, diabet oldi holatlari , qandli diabet kelib chiqishini oldini olish chora-tadbirlari, to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish tamoyillari, jismoniy harakatning ahamiyati, qandli diabetni davolashda qand pasaytiruvchi dori vositalarini qo‘llash, kasallikning asoratlarini oldini olish haqida tushuncha va ko‘nikmalar berildi. Seminar-treningda qatnashgan tibbiyot xodimlariga qondagi glyukoza miqdorini glyukometrda aniqlash texnikasini va glyukometrdan foydalanish tartibi tushuntirib o‘tildi hamda mavzu yuzasidan berilgan savollariga javoblar berildi.

434124183_741563318144846_2519582248969077819_n.jpg434391798_741563364811508_7075037150675367132_n.jpg434741232_741563134811531_7654979901928054263_n.jpg434739517_741563191478192_3914240050807374231_n.jpg

Back to the list