Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (08-00dan : 16-00gacha)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)

02.04.2024
Inson qadri uchun! Qashqadaryo viloyatida Xitoylik investorlar tomonidan tibbiyot sohasiga qiziqishlar bildirilmoqda.

Viloyatda hamkorlikda klinikalar qurilib, tibbiyot jihozlari va mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
Joriy yilning 27 mart kuni “O‘zbekiston-Xitoy madaniyat markazi Xitoy vakili UZSSS" Pekin idorasi kotibi LUO Yuanlei va Ma Yujen, Hubei Shengfeng tibbiy asbob-uskunalar kompaniyasi Bosh menejeri XIE Lei, Pekin Waimaiwang Texnologiya kompaniyasi Bosh menejeri JANG Yi, Sichuan ЅUK mahkamlash uskunalari kompaniyasi Raisi GU Shanhong, Beijing Ruihuaying Technology Development Co., Ltd kompaniyasi O‘zbekiston kompaniyasi bozori menejeri Lin Fan va viloyat hokimi o‘rinbosari Olimxon Rustamov o‘rtasida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.

Janob Sye tomonidan viloyatda aholi salomatligini oshirishda klinikalar faoliyatini o‘rganib, kelajakda tibbiy klinikalarga kerak bo‘ladigan barcha turdagi tibbiyot jihozlari va mahsulotlarini ishlab chiqarish, dastlabki hamkorlikda sinov tariqasida uskunalarni olib kelishiga erishildi. Hozirgi kunda dunyoning yetakchi mamlakatlarida keng qo‘llanilayotgan inson kasalliklarini oldindan aniqlovchi texnologiyalarni yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi hamda oshqozon, tomoq va boshqa turdagi kasalliklarni davolovchi uskunalar namuna sifatida taqdim etilishiga kelishildi.

Tibbiyot sohasini rivojlantirish maqsadida, o‘zbek va xitoy tabobatini o‘z ichiga oladigan klinikalar qurish va mavjud klinikalar bilan hamkorlik qilishga kelishildi.

https://t.me/qarshiliklar

434666205_742888324679012_3767336980391666177_n (1).jpg434716528_742888354679009_7888709131132761214_n.jpg434826999_742888331345678_4700048545138844350_n.jpg

Back to the list