Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA version for weaknesses
+998 (55) 508-50-00 Call-center
26.01.2026
2026 yil 21-23 yanvar kunlari Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazidan t.f.n. Kayumova D.T. rahbarligida hamda Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filiali xodimlari bilan birgalikda Navoiy viloyatida amaliy tadbirlar o‘tkazildi.Tadbir Navoiy shahri, Karmana tumani hamda Navbaxor tumanlarida tashkil etildi. Oilaviy shifokorlar va patronaj hamshiralar uchun 6 ta asosiy endokrin nozologiya bo‘yicha bemorlarni to‘g‘ri yo‘naltirishga qaratilgan interaktiv o‘quvlar o‘tkazilib, har bir shifokorga tayyor chop etilgan yo‘l xaritalari tarqatildi.
Shuningdek, har bir tuman va shaharda tibbiyot birlashmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, endokrin kasalliklar bo‘yicha yo‘l xaritalari taqdim etildi hamda ularni amaliyotga to‘liq joriy etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Qandli diabet bo‘yicha skriningni to‘liq o‘tkazish maqsadida poliklinikalarning moddiy-texnika ta’minoti holati o‘rganildi. Endokrin kasalliklaridagi bemorlarni marshutizazatsiyasi bo'yicha trenir sifatida o'qitilgan viloyatdagi 34 nafar endokrinolog shifokorlariga sertifikat tarqatildi.

618312901_1220344840266689_4068345356464882827_n.jpg619206994_1220345030266670_7606980345321484837_n.jpg617477259_1220345170266656_7805134466589113480_n.jpg616948889_1220345300266643_7560234388773799536_n.jpg618633390_1220345256933314_2539570622168001637_n.jpg618243288_1220345336933306_6543729596333833478_n.jpg617067690_1220345083599998_8524520387951863276_n.jpg617506892_1220344976933342_8417434457847171114_n.jpg

Back to the list