17-fevral kuni Akademik Yo.X.To'raqulov nomidagi Endokrinologiya markazida yosh endokrinologlar uchun "Endo Intellect Club" intellektual viktorinasi bo'lib o'tdi.
Tadbir ilmiy va do'stona muhitda o'tkazildi. Ishtirokchilar yuqori darajadagi bilim va fanga bo'lgan qiziqishlarini namoyish etdilar. Yosh olimlarga professor Zamira Yusufovna Xalimova va katta ilmiy xodim Akida Sattarovna ilhom va rag'bat berdilar, ularning ustozlik so'zlari ularning keyingi rivojlanishiga qimmatli yordam berdi.
O'zbekiston yosh endokrinologlari uyushmasi
Ассоциация молодых ученых-эндокринологов Узбекистана
► «Endo Intellect Club» среди молодых ученых-эндокринологов.
O‘zbekiston faxri — xalqaro ilmiy maydonda
Katta mamnuniyat va faxr bilan endokrinologiya va diabetologiya sohasidagi eng nufuzli xalqaro anjumanlardan biri — Emirates Diabetes & Endocrine Congress 2026 (EDEC 2026) da Gulshan Kalandarovnaning ishtirokini alohida ta'kidlab o‘tamiz. Kongress 2026 yil 6–8 fevralь kunlari Dubay shahrida (BAA) bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy ma'ruza
Gulshan Kalandarovna ushbu kongressda og‘zaki ma'ruza (Oral Presentation) bilan ishtirok etib, quyidagi mavzuda o‘z ilmiy ishi natijalarini taqdim etdi:
“TyG index as an independent predictor of reduced left ventricular ejection fraction in patients with T2DM and CAD”.
Ma'ruza xalqaro ekspertlar orasida katta qiziqish uyg‘otdi, uning dolzarbligi, klinik ahamiyati va ilmiy yondashuvi yuqori baholandi.
Xalqaro miqyosda e'tirof
Og‘zaki ma'ruzalar sessiyasi yakuniga ko‘ra, Gulshan Kalandarovnaning ilmiy ishi hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholanib, Oral Presentation yo‘nalishida 3-o‘rinni egalladi. Bu — katta yutuq va olib borilgan tadqiqot sifatiga berilgan yuksak bahodir.
Bu nima uchun muhim?
• EDEC kabi xalqaro kongressda ishtirok — jahon ilmiy maydoniga chiqish
• O‘zbekistonda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning xalqaro darajada tan olinishi
• Yosh olimlar va shifokorlar uchun ilhom va motivatsiya
• Zamonaviy endokrinologiya va kardiometabolik tibbiyot rivojiga qo‘shilgan salmoqli hissa
Gulshan Kalandarovnani ushbu yuksak yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusida ham yangi ilmiy izlanishlar, muvaffaqiyatli chiqishlar va xalqaro g‘alabalar tilaymiz!



E'LON !
Endo Intellect Club
Yosh olim endokrinologlarni
Endo Intellect Club intellektual uchrashuviga taklif qilamiz.
O‘tkazilish joyi:
Akademik Yo. X. Turaqulov nomidagi Endokrinologiya markazi
Sana: 17 fevral
Qatnashchilar:
— yosh olim endokrinologlar
— ordinatorlar va rezidentlar
Qatnashchilar soni:
Jami 15 nafar
Qatnashchilar tasodifiy tarzda guruhlarga bo‘linadi
Uchrashuv formati:
— klinik fikrlash
— muhokamalar
— jamoaviy intellektual ish
Joylar cheklangan.
Qatnashish — oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali. @endo_doc_s
E'LON!
Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 2025 yil 7 noyabr kuni soat 12.00da 14.00.03 – “ENDOKRINOLOGIYa” ixtisosligi bo‘yicha 2026 yilga tayanch doktoranturadan imtixon va mustaqil izlanuvchilikka suxbat o‘tkaziladi.
On-layn kuzatish uchun xavolalar:
https://www.facebook.com/share/14NQ1avcHHE/?mibextid=wwXIfr
https://us02web.zoom.us/j/81699822276?pwd=8eZytRNWBK3Oi3uLvnnn7cA7u5WqhJ.1
(Markaz majlislar zali)
Xotin-qizlarning ilm-fandagi o‘rni yuksalmoqda!
Jamiyatda xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, xususan ilm-fanga yo‘naltirish va g‘oya va tashabbuslarini rag‘batlantirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. So‘nggi yillarda olib borilgan islohotlar natijasida ilm-fan va ta’lim yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar soni sezilarli darajada ortdi.
5-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ilm-fan va innovatsiyalarga mas’ul ayol rahbarlar ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda akademik Yo.X. Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy ishlar va kadrlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori, professor Halimova Zamira Yusufovna ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi fidokorona mehnatlari hamda yurtimiz ravnaqiga qo‘shayotgan hissasi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
“ZAMONAVIY ENDOKRINOLOGIYaNING DOLZARB MASALALARI: INNOVATSIYaLARDAN REAL KLINIK AMALIYoTGAChA" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman



Doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish to‘g‘risida buyruq
OLIY TA’LIM TIZIMINI YANADA TAKMONLASH CHORALARI HAQIDA.
Oliy ta'limdan keyingi ta'limga qo'yiladigan davlat ta'lim talablariпi tasdiqlash tog'risida
Doktorantura (DSc) uchun topshiriladigan hujjatlar roʻyxati:
Mustaqil izlanuvchi uchun topshirilishi kerak bo'lgan hujjatlar ro'yxati (DSc)::
Fan va ilmiy faoliyat to'g'risidagi 576-sonli qaror
_______________________________________________________________________________
2022-yil 18-noyabr kun tartibi
_______________________________________________________________________________
E'LON!
1. Ma’ruzachi: Yusupova Madina Shukrullaevna – bepul abituriyent.
14.00.05 - Ichki kasalliklar
Mavzu: "SURUNKALI YURAK YETISHMOVCHILIGI BOLGAN THYROTOXIKOSLI BEMORLARNI ERTA TOSHXISLASH VA DAVOLLASHNI OPTIMALLASHTIRISH"
1) Xoliqova Adliya Omonullaevna – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Neyroendokrinologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori.
2) Abdullaev Sherzod Sadullaevich - tibbiyot fanlari doktori, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ichki kasalliklar, nefrologiya va gemodializ kafedrasi dotsenti.
DIQQAT E'LON !
Tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanuvchilarga malakaviy imtihonlar o‘tkazilish yuzasidan.
Toshkent tibbiyot akademiyasida Malakaviy imtihon topshirish uchun hujjat taqdim qilgan talabgorlar joriy yilning:
✔️ 3-4-noyabr kunlari 10-00 Chet til (ingliz tili, nemis tili va boshqa xorijiy tillar),
✔️8-, 9- va 10-noyabr kunlari 10-00 mutaxassislik fanlaridan malakaviy imtihonlar o‘kazilishi rejalashtirilganligi ma'lum qilinadi.
Diqqat! Imtihon topshiruvchi talabgorlar qatnashadigan vaqtida o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida kiritiladi.
Malakaviy imtihonlar 5-TTJda joylashgan rektorat zalida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, 2 uy.
Bolalar endokrinologiyasi ilmiy laboratoriyasi
Reproduktiv endokrinologiya ilmiy laboratoriyasi
«Neyroendokrinologiya va Gipofiz jarroxligi» Ilmiy bo'limi
Endokrin kasalliklar epidemiologiyasi va ixtisoslashtirilgan yordamni tashkil etish ilmiy bo'limi
”NEYROENDOKRIN KASALLIKLARNI TAShXISLASh VA DAVOLAShDA ZAMONAVIY YoNDAShUV”
XURMATLI HAMKASBLAR!
Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2022 yil 12 aprelda Samarkand shaxrida bo‘lib o‘tadigan “Neyroendokrin kasalliklarni tashxislash va davolashda zamonaviy yondashuv” xalqaro ishtirokdagi ilmiy-amaliy anjumaniga taklif etadi.
Endokrinologiya soxasidagi O‘rta Osiyoda yagona akademik Yo.X.Turakulov maktabi negizidagi “Neyroendokrinologiya va gipofiz jarroxligi” yo‘nalishida o‘tkaziladigan anjumanning maqsadi fan va texnikaning eng yangi yutuqlari sohasida ilg‘or tadqiqotlar bilan almashish, ishtirokchilarning o‘zaro aloqasi orqali xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, ilmiy-texnik yutuqlarni, endokrinologiyaning, ayniqsa neyroendokrinologiyaning asosiy muammolarini muxokama qilishdan iborat.
Anjumanda endokrinologiya sohasidagi yetakchi xorijiy olimlar jumladan, Buyuk-Britaniya Oksford Universiteti professorlari A.B.Grossman va S.Kadlip, London shaxridagi Nevrologiya va neyroxirurgiya milliy gospitali professori M.Pauell, Liverpulь shaxri Walton Center markazi maslaxatchisi K.Djilks hamda Leicester Universiteti bosh faxriy lektori, endokrinolog M.Levi ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Anjuman doirasida 9,11,14 aprel kunlari akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida maxorat darslari va qo‘rgazmali operatsiyalar, shuningdek 13 aprel kuni Buxoro shaxrida maxorat darslari o‘tkaziladi.
Anjuman gibrid formatda o‘tkaziladi. 9,11,14 aprel kunlari anjumanga (maxorat darslari) on-layn ulanish uchun xavolalar kuyida keltirilgan.
Akademik Yo.X.To'raqulov nomidagi RIEIATM sizni rejalashtirilgan konferentsiyaga taklif qiladi:: Zoom.
Mavzu: “Neyroendokrin kasalliklarni tashxislash va davolashda zamonaviy yondashuv” xalqaro ishtirokdagi ilmiy-amaliy anjuman (maxorat darslari)
Konferensiya identifikatori: 897 7753 0976
Kirish kodi: 786843
Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM sizni rejalashtirilgan konferensiyaga taklif qiladi.: Zoom.
Mavzu: “Neyroendokrin kasalliklarni tashxislash va davolashda zamonaviy yondashuv” xalqaro ishtirokdagi ilmiy-amaliy anjuman (maxorat darslari)"
Vaqt: 11 aprel 2022 09:00 Islomobod, Karachi, Toshkent
https://us02web.zoom.us/j/89631689103?pwd=SzZDTmJHcndXS29objVPNVllTkovQT09
Konferensiya identifikatori: 896 3168 9103
Kirish kodi: 431406
Mavzu: “Нейроэндокрин касалликларни ташхислаш ва даволашда замонавий ёндашув” халқаро иштирокдаги илмий-амалий анжуман (махорат дарслари)"
https://us02web.zoom.us/j/82200399858?pwd=a3NIU3M4ZitYSDVBellCUnZUWWJVQT09
Konferensiya identifikatori: 822 0039 9858
Kirish kodi: 379202